Foto: Unsplash
AQSH monopoliyaga qarshi kurashish idoralari Google korporatsiyasini bir nechta alohida kompaniyaga bo‘lib tashlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Gap Chrome internet-brauzeri, Android operatsion tizimi va AdWords kontekst reklama tizimi haqida ketmoqda. Agarda bu amalga oshsa, bozorni monopollashtirishda ayblanib, bo‘lib tashlangan so‘nggi 40 yilda birinchi yirik Amerika kompaniyasi bo‘ladi.
5 avgust kuni AQSHning Kolumbiya okrugi sudi federal sudyasi Amit Mexta Google kompaniyasi onlayn qidiruv tizimi bozoridagi monopoliyasini saqlab qolish uchun noqonuniy faoliyat yuritgani to‘g‘risida qaror chiqardi. Google apellyatsiya berish niyatida, ammo Mexta ishning keyingi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi, bunda hukumatning raqobatni tiklash bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqiladi.
Shundan so‘ng Adliya vazirligi Google'ni bo‘lib yuborish bo‘yicha talab qo‘yish imkoniyatini faol ko‘rib chiqa boshladi. Vazirlik asosan, dunyoda 2,5 milliarddan ortiq qurilmada foydalaniladigan Android operatsion tizimini alohida kompaniyaga ajratish g‘oyasini muhokama qilmoqda.
Sud qarorida keltirilishicha, Google'ga egalik qiluvchi Alphabet INC kompaniyasi boshqa texnologik gigantlarga o‘z qidiruv tizimi smartfon va brauzerlarga standart variant sifatida o‘rnatilishi uchun 26 milliard dollar to‘lagan, bu orqali kompaniya raqobatchilarining bozorda muvaffaqiyatga erishishiga imkoniyat qoldirmagan.
The New York Times'ning yozishicha, mazkur qaror hukumatning monopoliyaga qarshi boshqa, masalan, Apple, Amazon va Meta'ga nisbatan da’volariga jiddiy ta’sir ko‘satgan. Texnologik kompaniyaga qarshi oxirgi antimonopol qaror Microsoft'ga nisbatan 1998 yilda qabul qilingan. Ta’kidlanishicha, Google'ning monopolist deya tan olinishi yirik texnologik kompaniyalar hukmronligiga chek qo‘yishning boshlanishi bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin
Toshkent Prezident maktabi oʻquvchilari BAAda nufuzli sovrinni qoʻlga kiritdi (video)
Ukraina dronlari va raketalari Rossiyaning uch hududiga hujum qildi
AQSh Grenlandiyani sotib olish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqdi
Jo Bayden yakuniy nutqida nimalar dedi?
Slovakiya bosh vaziri Zelenskiyni gaz tranziti boʻyicha muzokaralarga taklif qildi