17:37 / 17.08.2024
1 465

Spirtli ichimlik bo‘yicha keng tarqalgan fikr xato deb topildi

Spirtli ichimlik bo‘yicha keng tarqalgan fikr xato deb topildi
Germaniya oziq-ovqat jamiyati spirtli ichimliklar bo‘yicha yangi tavsiya e’lon qildi. Mutaxassislar bu borada keng tarqalgan fikr xato ekanini ta’kidlamoqda, deb xabar berdi DW.

Yevropa xalqlarida taomlanish payti musallas yoki pivo ichish urfga kirgan. Umuman, hozirga qadar oz miqdorda alkogol ichish salomatlikka ziyon keltirmaydi degan qarash hukmron bo‘lib kelmoqda. Germaniyalik tadqiqotchilar ushbu qarashni rad etib, spirtli ichimlikning bir qultumi ham zararli degan xulosani e’lon qildi.

Sharobga ruju qo‘yish jinoyatlarga sabab bo‘lishi ma’lum. Olimlarning ogohlantirishicha, alkogol saraton, jigar, yurak-qon tomir xastaliklariga chalinish xavfini oshiradi. Spirtli ichimlik inson umrini kamaytirish barobarida, uning ishchanlik qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

«Spirtli ichimliklardan butunlay parhez qilishni tavsiya etamiz. Alkogolga odatlanganlarga esa qonda yuqori konsentratsiya va surunkali mayxurlikdan ehtiyot bo‘lish lozimligini eslatamiz. Bu tavsiya, ayniqsa, yoshlarga taalluqli. Bolalar, o‘smirlar, homilador va emizikli ayollar esa bir qutlum ham alkogol ichmasligi kerak», – deydi Germaniya oziq-ovqat jamiyati direktori Kiran Virmani.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo