11:22 / 20.08.2024
94

Isroil Misr va G‘azo sektori o‘rtasida devor qurmoqchi

Isroil Misr va G‘azo sektori o‘rtasida devor qurmoqchi
Foto: Global Look Press
HAMAS harakati tomonidan tunnellar qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Isroil G‘azo sektori va Misr chegarasidagi Filadelfiya koridori yaqinida devor qurishni talab qilmoqda. Bu haqda muzokaralardagi vositachilarga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.

Arab vositachilariga ko‘ra, yahudiy davlati HAMAS tunnel qazishiga to‘sqinlik qilish uchun koridorda devor qurishni talab qilgan. Bundan tashqari, ushbu hududni nazorat qiluvchi kameralar va sensorlardagi ma’lumotlarga kirishni xohlamoqda. Misr amaldori esa Qohira Isroil qo‘shinlarini Rafah yo‘lagidan, Misr va G‘azo sektori o‘rtasidagi chegaradan to‘liq olib chiqib ketish tarafdori ekanini aytdi.

Isroil texnik guruhi Qohiradagi hamkasblari bilan koridor va Rafah masalalarini muhokama qilish uchun uchrashuvlarni yakunladi, ammo ko‘p muvaffaqiyatga erishmadi”, deydi arab vositachilari.

Dohada o‘tgan hafta Qatar, Misr, AQSH va Isroil ishtirokida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. HAMAS harakati rahbariyati kelishuv shartlariga aniqlik kiritilmagani sababli unda ishtirok etishdan bosh tortdi. Keyinchalik Falastin harakati kelishuvda yahudiy davlati ilgari surgan talablarni rad etdi. Ular orasida yangilari ham bor edi.

Ular Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “vositachilarning sa’y-harakatlarini barbod qilish va urushni cho‘zish uchun yangi shartlar va talablarni o‘rtaga tashlayvergani”ni qayd etdi.

HAMASni Isroilning G‘azo sektorining bir nechta nuqtalarida, jumladan, Misr bilan chegarada joylashgan Filadelfiya koridorida harbiy ishtirokini saqlab qolish niyati qondirmadi.

G‘azo bo‘yicha barchaga ma’lum taklif uch bosqichli jarayonni nazarda tutadi, uning davomida HAMAS 7 oktyabr kuni Isroildan o‘g‘irlab ketilgan barcha garovga olinganlarni ozod qiladi. Buning evaziga Isroil o‘z kuchlarini G‘azo sektoridan olib chiqishi va falastinlik mahbuslarni ozod qilishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Misr va G‘azo sektori o‘rtasida devor qurmoqchi