Og‘ir vaznda WBA, WBC, WBO va IBO chempioni Oleksandr Usik sevimli futbol klubi haqida gapirdi.
“Yoshligimda doim “Manchester Yunayted”ni qo‘llab-quvvatlaganman. Men Garri Nevill va boshqalarning, xususan Devid Bekxemning muxlisi edim. O‘shanda bu jamoaga qarshi o‘ynash qiyin edi. Mening sevimli futbolchilarim haqida gapiradigan bo‘lsak, ular, Andrey Shevchenko, Zlatan Ibragimovich va Ronaldo edi — o‘sha eski so‘yloq tishli. Shubhasiz, Messi va boshqa Ronaldu ham men uchun katta futbolchilar.
Men har doim futbolchi bo‘lishni xohlaganman va menga “Polese” (Ukraina futbol klubi) bilan mashg‘ulot qilish yoqadi. Bu menga bir oz dam olish va boksdan uzoqlashish imkoniyatini berdi. May oyida Tayson Fyuri ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, odatdagidek bayram o‘tkazmadim. Men oilam bilan tinchgina kechki ovqat uyushtirdim va vaqtimni futbol o‘ynab o‘tkazdim. Mutlaq jahon chempioni ekanimni xayolimga ham keltirmadim”, deya Usik so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.
Eslatib o‘tamiz, ukrainalik bokschi Tayson Fyuri bilan revansh jangini 21 dekabrda o‘tkazadi.
Avvalroq Oleksandr Usik ukrainalik bokschilarga Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlarda sovrinli o‘rinlarni olgan sportchilar uchun mukofot pullari va’da qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi