19:50 / 21.08.2024
14

Britaniya kompaniyasi O‘zbekistonda yangi ta’lim dasturlarini joriy qilish imkoniyatlarini o‘rganyapti

Britaniya kompaniyasi O‘zbekistonda yangi ta’lim dasturlarini joriy qilish imkoniyatlarini o‘rganyapti
Foto: “Dunyo” axborot agentligi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning Pearson ta’lim tashkilotining vitse-prezidenti Jeyn Beyker bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Jeyn Beyker tashkilot faoliyati, Pearson tomonidan taqdim etiladigan ta’limning barcha bosqichlaridagi xizmatlar ko‘rsatish, darsliklar yaratish, onlayn kurslar, test tuzish amaliyoti, malaka va ko‘nikmalarni hamda ta’lim muassasalarini baholash tizimlari haqida batafsil aytib o‘tdi.

Ta’lim yo‘nalishida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etilgan holda, mazkur jabhada Pearson tashkiloti bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi.

Pearson ta’lim tashkiloti vitse-prezidenti, shuningdek, O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshiralayotgan keng ko‘lamli islohotlarni va yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni yuqori baholadi.

Tomonlar Pearson ta’lim dasturlarini O‘zbekistonda keng joriy qilish, professional va oliy ta’lim muassasalari talabalari bitiruvchilari hamda mutaxassislarining Buyuk Britaniya universitetlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikda ishlashlari uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatishi to‘g‘risida ham fikr almashdilar.

Pearson vakillariga shu yil 5—17 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo ta’lim forumida ishtirok etish taklifi bildirildi.

Shtab-kvartirasi Londonda joylashgan Pearson ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi dunyodagi eng yetakchi kompaniya hisoblanadi. Tashkilot maktablar uchun darsliklar, onlayn o‘quv kurslar, ularda baholash tizimini takomillashtirish, shuningdek, o‘qituvchilarning malakasini oshirishda texnik yordam ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi. Kompaniyaning dunyo bo‘ylab 55 ga yaqin mintaqaviy ta’lim markazlari bor. Tashkilot tizimida 20 mingdan ziyod malakali mutaxassislar faoliyat ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya kompaniyasi O‘zbekistonda yangi ta’lim dasturlarini joriy qilish imkoniyatlarini o‘rganyapti