21:48 / 25.08.2024
10

Rossiya hibsdagi Durovning oldiga diplomatlarni kiritishni talab qildi

Rossiya hibsdagi Durovning oldiga diplomatlarni kiritishni talab qildi
Foto: Telegram / Durov
Rossiya elchixonasi Fransiya rasmiylaridan hibsga olingan Telegram asoschisi Pavel Durovning oldiga konsullik xodimlarini kiritishni talab qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Bugungi kunga qadar, Fransiya tomoni hamon bu masala yuzasidan hamkorlik qilishdan o‘zini chetga olmoqda”, deyiladi elchixona xabarida.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova diplomatlar Durov hibsga olingani haqida xabar topishi bilanoq, Fransiya tomoni bilan “zudlik bilan” bog‘langanini ma’lum qildi.

Muammo shundaki... Pavel Durov Fransiya fuqaroligiga ega. Shu sababli, Parij va Fransiya uchun u avvalo o‘z mamlakatining fuqarosi hisoblanadi”, dedi Zaxarova.

Rossiya elchixonasi, shuningdek, Pavel Durovning advokati bilan aloqada ekanligini qo‘shimcha qildi. Durovning manfaatlarini fransuz advokati himoya qilmoqda, biroq uning shaxsi ochiqlanmagan.

Telegram asoschisining hibsga olinishi

24 avgust kuni kechqurun Pavel Durov Ozarbayjondan xususiy samolyotda Parijning Le Burje aeroportiga qo‘nganida hibsga olindi. Fransiya ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, bunga Telegram faoliyati sabab bo‘ldi.

Durov Telegramda moderatsiyaning yo‘qligi, ushbu tarmoqda sodir bo‘layotgan noqonuniy harakatlar, jumladan, giyohvand moddalarni tarqatish, bolalar pornografiyasi, firibgarlik va boshqa ayblovlar uchun qidiruvga berilgan. U fransuz huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilmagani sababli unga hibsga olish orderi chiqarilgan. Fransiya fuqarosi sifatida Durovga 20 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda. U ekstraditsiya qilinishi mumkin emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya hibsdagi Durovning oldiga diplomatlarni kiritishni talab qildi