AQSH Isroilga 50 ming tonnadan ortiq qurol va texnika yetkazib berdi

AQSH Isroilga 50 ming tonnadan ortiq qurol va texnika yetkazib berdi
Foto: Getty Images
AQSH 2023 yil 7 oktyabrda G‘azo sektoriga hujum boshlanganidan beri Isroilga 50 ming tonnadan ortiq qurol-yarog‘ yetkazib berdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Isroil Mudofaa vazirligiga ko‘ra, 500 ta aviaqatnov va 107 ta dengiz transporti orqali harbiy asbob-uskuna va texnika yetkazib berilgan. Olingan jihozlar zirhli texnika, o‘q-dorilar, shaxsiy himoya vositalari va tibbiy uskunalarni o‘z ichiga oladi.

“Ta’minot davom etayotgan urush davrida Isroil mudofaa kuchlarining tezkor imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, AQSH Isroilga 20 milliard dollardan ortiq qo‘shimcha qurol eksportini ma’qullagan. Gap 50 ga yaqin F-15 qiruvchi samolyotlari va 33 ming birlik o‘q-dorilar haqida bormoqda.

“Bu Isroilning joriy va kelajakdagi dushman tahdidlariga javob berish qobiliyatini yaxshilashi kerak”, deyiladi Davlat departament xabarida.

G‘azo sektorida 7 oktyabrdan buyon Isroil hujumi oqibatida 40 435 nafar falastinlik qurbon bo‘ldi. Ular orasida 10 980 nafar ayol va 16 589 nafar bola bor. Hujumlarda jami 93 534 kishi jarohatlangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar