Foto: Reuters
Agar Vashington qurol ishlatish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilsa, Kiyev zarba berishi mumkin bo‘lgan Rossiyadagi potensial nishonlar ro‘yxatini AQSHning milliy xavfsizlik xizmatlariga taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Politico Ukraina rasmiylarining harakatlaridan xabardor uchta manbaga tayanib xabar berdi.
“Kiyev ushbu ro‘yxatdan Vashingtonni Rossiya hududida Amerika qurollaridan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga ishontirish uchun so‘nggi urinishda foydalanishni rejalashtirmoqda”, deb yozadi nashr.
Ukraina avvalroq Qo‘shma Shtatlarga ba’zi potensial nishonlarni ko‘rsatgan va yangi ro‘yxat yanada batafsilroq bo‘lishi kutilmoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, Ukraina Mudofaa vaziri Rustem Umerov va Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak joriy haftada muzokaralar o‘tkazish uchun Vashingtonga tashrif buyurishi hamda Amerika ma’muriyatiga yangilangan ro‘yxatni taqdim etishi rejalashtirilgan.
AQSH rasmiylarining fikricha, cheklovlarni olib tashlash mojaroning borishi uchun strategik ahamiyatga ega emas, chunki Rossiya “eng muhim maqsadlarni, jumladan, aviatsiyani ham erishib bo‘lmaydigan qilib qo‘ygan”, deb yozadi nashr.
Biroq Politico suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Kiyev o‘zi muhim deb hisoblagan va o‘z nuqtayi nazaridan Amerika raketalari yordamida zarba berilishi mumkin bo‘lgan bir nechta nishonlarni aniqlagan.
Ayrim G‘arb davlatlari avvalroq Kiyevga Rossiya hududiga zarba berish uchun o‘zlari yetkazib bergan uzoq masofali qurollardan foydalanishga ruxsat bergan edi. Qo‘shma Shtatlar Kiyevga Rossiya hududidagi nishonlarni urish uchun Amerika qurollaridan foydalanishga cheklangan darajada ruxsat bergan.
Kiyev cheklovlarni yanada yumshatishni bir necha bor so‘ragan. Zelenskiy, xususan, ATACMS'dan foydalanish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashga harakat qilmoqda. Ukraina armiyasi Qrimdagi nishonlarga zarba berish uchun bir necha bor ushbu uzoq masofali raketalardan foydalangan. WP'ga ko‘ra, Kiyev ulardan Rossiya aerodromlariga hujumlar uchun foydalanishga ruxsat so‘ramoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”