date
views 86

Zelenskiy: Ukraina ilk ballistik raketasini yaratdi va sinovdan o‘tkazdi

Zelenskiy: Ukraina ilk ballistik raketasini yaratdi va sinovdan o‘tkazdi
Foto: president.gov.ua
Ukraina harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirishda davom etmoqda – mamlakat o‘zining ilk ballistik raketasini yaratdi va sinovdan o‘tkazdi, dedi prezident Volodimir Zelenskiy matbuot anjumanida.

«Ukrainada yana qanday yangiliklar bor? Xo‘sh, men bu haqda gapirishga hali erta deb o‘yladim, lekin ... Ukrainaning birinchi ballistik raketasi sinovi ijobiy bo‘ldi. Harbiy-sanoat kompleksimizni bu bilan tabriklayman», dedi Zelenskiy.

Ukraina rahbari raketa haqidagi boshqa ma’lumotni oshkor qila olmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u jamiyat «mudofaa korxonalarida 24/7 rejimida ishlaydigan odamlarni» qadrlashi uchun bu haqda gapirishga qaror qilgan.

Matbuot anjumani chog‘ida Zelenskiy G‘arb hamkorlari uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollarini Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga qarshi qo‘llashga ruxsat berish haqida nima deyapti, degan savolga ham javob berdi. «Ular bu haqda men bilan gaplashmaslikka harakat qilishadi. Va men bu savolni ko‘taraman. Asosan, shunday: Olimpiada tugadi, lekin ping-pong qoldi», dedi Ukraina rahbari.

25 avgust kuni Volodimir Zelenskiy yana bir yangi qurol – Ukrainaning uzoq masofali «Palyanitsa» raketa-dronidan muvaffaqiyatli foydalanganini e’lon qildi. U bir yarim yil ichida ishlab chiqilgan va 600-700 kilometr masofagacha uchadi. «Ukrainska pravda» nashri raketa haqidagi deyarli barcha ma’lumotlar maxfiy ekanligini va uning zarba masofasida «yigirmalab Rossiya harbiy aerodromlari» borligini yozdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: Ukraina ilk ballistik raketasini yaratdi va sinovdan o‘tkazdi