date
views 77

Kriptomilliarderlar va millionerlar soni ma’lum bo‘ldi

Kriptomilliarderlar va millionerlar soni ma’lum bo‘ldi
Foto: Bitcoinist
Shveysariyaning Henley & Partners konsalting kompaniyasi tadqiqotiga ko‘ra, o‘tgan bir yil davomida kriptovalyutali millionerlar soni 95 foizga o‘sdi, ya’ni salkam ikki baravar ko‘payib, 172,3 ming kishini tashkil etdi.

100 mln dollar qiymatdan yuqori kriptovalyutaga ega millionerlar soni bir yil ichida 79 foizga ko‘paydi. 2024 yilning 30 iyun holatiga ko‘ra, ularning soni — 325 nafar.

Bir yil davomida kriptomilliarderlar soni 27 foizga oshib, jami 28 kishini tashkil etmoqda.

Millionerlar orasida bitkoin egalari soni 111 foizga o‘sib, 85,4, ming nafarga yetdi. 156 kishining har birida 100 mln dollar qiymatdan yuqori bitkoin kriptovalyutasi bor, bitkoin-milliarderlar soni esa 11 nafar.

Jahonda so‘nggi bir yil ichida kriptovalyuta foydalanuvchilari soni 2023 yilga nisbatan 32 foizga oshgan, kriptovalyutalarning yalpi bozor qiymati shu davrda 89 foizga o‘sgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kriptomilliarderlar va millionerlar soni ma’lum bo‘ldi