Claude sunʼiy intellekti 400 ming dollarlik kriptohamyonni tiklashga yordam berdi

X ijtimoiy tarmogʻi foydalanuvchisi @cprkrn Anthropic kompaniyasining Claude sunʼiy intellekt tizimi yordamida 10 yildan ortiq vaqt davomida kirish imkoni boʻlmagan kriptohamyonini qayta tiklashga muvaffaq boʻldi. Hamyonda 5 BTC mavjud boʻlib, uning bugungi kundagi qiymati qariyb 400 ming dollarni tashkil etadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Vaziyat foydalanuvchi talabalik yillarida mast holatda parolni oʻzgartirib, uni unutib qoʻyganidan soʻng yuzaga kelgan. Uning qoʻlida eski «seed-fraza» boʻlsa-da, u hamyonning yangilangan fayl versiyasiga mos kelmagan. Yillar davomida u mutaxassislarga murojaat qilib, turli dasturlar orqali trillionlab parol kombinatsiyalarini sinab koʻrgan, ammo natija boʻlmagan.
Bitkoin narxi 100 ming dollardan oshgach, foydalanuvchi yana bir bor urinib koʻrishga qaror qildi. Bu safar u Claude modeliga eski kompyuteridagi barcha hujjatlar, eslatmalar va zaxira nusxalarini yukladi. Sunʼiy intellekt tizimi hamyonning eski faylini topib, maʼlumotlar tuzilishini tahlil qildi.
Claude btcrecover dasturidagi xatolikni aniqladi, bu xatolik kalit va parol kombinatsiyasini notoʻgʻri qayta ishlashga sabab boʻlayotgan edi. Sunʼiy intellekt kodni tuzatib, shifrlash jarayonini toʻgʻri yoʻlga qoʻydi va maxfiy kalitlarni ajratib oldi. Natijada foydalanuvchi oʻz mablagʻlariga qayta ega boʻldi va quvonchini yashirmay, farzandiga Claude asoschisi sharafiga ism qoʻyishga vaʼda berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!