12:53 / 28.08.2024
229

Kursk viloyatida asirga olingan Ukraina qurolli kuchlari jangarilari soni ortmoqda

Kursk viloyatida asirga olingan Ukraina qurolli kuchlari jangarilari soni ortmoqda
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Kursk viloyatida rus bo‘linmalari tomonidan asirga olingan Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari soni o‘sishda davom etmoqda, ularning bir qismi ixtiyoriy ravishda taslim bo‘lmoqda. Bu haqda “Ahmat” maxsus kuchlari qo‘mondoni, Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy-siyosiy bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari general-mayor Apti Alaudinov RIA Novostiga ma’lum qildi.

Bizning bo‘linmalarimiz ushbu hududda asirlarni olishda davom etmoqda, ularning bir qismi o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lmoqda. Ular qiziqarli narsalarni aytib berishmoqda. Bizga qarshi chiqayotgan har bir kishini ulardan o‘rnak olishga va o‘z jonini saqlab qolishga chaqiraman”, — deydi Alaudinov.

Agentlik suhbatdoshining aniqlik kiritishicha, asirlarni ham “Ahmat” maxsus bo‘linmasi, ham Rossiya Qurolli kuchlarining bir-biri bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilayotgan boshqa bo‘linmalari harbiy xizmatchilari olib ketishadi.

Eslatib o‘tamiz, 6 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari Kursk viloyatidagi hududlarni egallab olish maqsadida hujumga o‘tdi, ularning yurishi to‘xtatildi. Rossiya Mudofaa vazirligining 25 avgust kuni xabar berishicha, Kursk yo‘nalishidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari 5800 dan ortiq odam, 72 tank va 11 ta raketa tizimini yo‘qotdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kursk viloyatida asirga olingan Ukraina qurolli kuchlari jangarilari soni ortmoqda