Foto: Missbolgar / Instagram
Telegram asoschisi Pavel Durov Shveysariyada uch farzandining onasi Irina Bolgarning da’vosi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ishda gumon qilinmoqda, deya Forbes xabar berdi.
2023 yilning mart oyida Jenevada berilgan da’voda Durov o‘z farzandlaridan biriga jismoniy zo‘ravonlik qilgani aytilgan. Bundan bir oz avval Bolgar Durovni unga oyiga 150 ming yevro miqdorida aliment to‘lashni to‘xtatganlikda ayblagan.
Jeneva sudi vakiliga ko‘ra, Durov 2017 yilda tug‘ilgan kenja o‘g‘liga nisbatan 2021 yildan 2022 yilgacha 5 marta zo‘ravonlik qo‘llagan. Hodisalar natijasida bolada jarohatlar, jumladan miya chayqalishi va uyqu buzilishi sodir bo‘lgan. Dalillar orasida Bolgar va Durov o‘rtasidagi xabarlarning stenogrammasi hamda 2023 yil aprelida bolaning zo‘ravonlik tufayli tashvish va uyqu muammosi borligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma ilova qilingan.
Irina Bolgarning advokati uning sud jarayonidagi ishtirokini tasdiqlagan, ammo tafsilotlarni oshkor qilishdan bosh tortgan.
"Shveysariya qonunchiligiga ko‘ra, Bolgar va bolalarning ismlari da’vo arizasida tilga olinmagan, biroq unda Durovning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi tafsilotlar keltirilgan”, deya qayd etadi Forbes.
Bolgarning ta’kidlashicha, Durov 2022 yil sentyabr oyida farzandlari bilan ko‘rishishni to‘xtatgan, keyin esa aliment to‘lash to‘xtatilgan. 2024 yil iyun oyida Bolgarning advokatiga ko‘ra, aliment undirish uchun fuqarolik da’vosi bilan sudga murojaat qilgan, ammo bu borada hali qaror qabul qilinmagan.
Bundan tashqari, 2023 yil aprel oyida Bolgar ham bolalarning yagona vasiyligini talab qilib sudga da’vo qilgan. May oyida sud Durovning farzandlariga nisbatan ota-onalik huquqini to‘xtatgan. Forbes'ga ko‘ra, u bu qarorga qarshi chiqmagan.
Avvalroq Durov sperma donori, keyin esa 100 dan ortiq bolaning biologik otasi bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Rossiya OAVlari Durovning 2009 va 2010 yillarda tug‘ilgan ikki katta farzandi, bir qizi va bir o‘g‘li ham borligi haqida xabar bergan.
Telegram asoschisi 24 avgust kuni Parij aeroportida qo‘lga olingan edi. Fransiya prokuraturasi unga nisbatan 12 ta ayblov, jumladan, vakolatli organlar so‘roviga ko‘ra ma’lumot berishdan bosh tortish, shuningdek, pornografiya va giyohvand moddalarni tarqatishda ishtirok etish bo‘yicha jinoiy tergov e’lon qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»