Telegram asoschisi Pavel Durovga nisbatan uyushgan jinoyatchilikka aloqadorlik bo‘yicha bir qator ayblovlar e’lon qilindi. Bu haqda Parij prokuraturasining press-relizida so‘z boradi.
Durov sud nazorati ostida ozod etildi, lekin u Fransiyani tark etmasligi kerak. Shuningdek, Durov 5 million yevro garov puli qo‘yishi va haftasiga ikki marta politsiyaga kelib turishi zarur bo‘ladi.
Pavel Durov 24 avgust kuni kechqurun Parij aeroportida qo‘lga olingan edi. Ikki kundan keyin Parij prokuraturasi Durov noma’lum shaxslarga qarshi jinoiy tergov doirasida 12 ta jinoyat, jumladan vakolatli organlar so‘roviga ko‘ra ma’lumot berishni rad etish, shuningdek, pornografiya, giyohvand moddalar va hakerlik dasturlarini tarqatishda ishtirok etish bo‘yicha qo‘lga olinganini e’lon qildi.
Durovga yaqin manbaning so‘zlariga ko‘ra, Telegram ko‘p yillar davomida platformada noqonuniy kontent tarqalishi oldini olish uchun rasmiylar bilan hamkorlikni talab qiluvchi huquq-tartibot idoralarining chaqiruvi va sud qarorlariga e’tibor bermagan.
Avvalroq Irina Bolgar ismli ayol Telegram asoschisi Pavel Durovni farzandiga nisbatan «jismoniy zo‘ravonlik ishlatganlikda» ayblab, Shveysariya sudiga da’vo arizasi kiritgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bolgar o‘z da’vosiga isbot sifatida tergovga Durov bilan yozishmalari va shifokor tomonidan 2023 yil aprelda yozilgan ma’lumotnomani ko‘rsatgan. Hujjatda bolaning uyqusi buzilib, bezovtaligi ortgani qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»