19:30 / 30.08.2024
50

Ramzan Qodirov: “Organizmim yosh yigitnikidek ekan”

Ramzan Qodirov: “Organizmim yosh yigitnikidek ekan”
Foto: Videodan kadr
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov sog‘lig‘i haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Agar yurayotgan bo‘lsam, tirikman, demak, Ollohga shukur, sog‘lig‘im joyida. Shifokorlarning aytishicha, organizmim xuddi yosh yigitnikidek ekan”, deydi Qodirov.

Checheniston rahbari odamlar unga doimo “turli kasalliklarni to‘qib chiqarishi”ni ma’lum qildi. Qodirovning sog‘lig‘i keskin yomonlashgani haqidagi mish-mishlar dastlab 2023 yilning bahorida paydo bo‘lgandi. Bunga uning o‘zgargan qiyofasi sabab bo‘lgan. Jumladan, u juda ko‘p vazn olgan, yuzlari shishgan va nosog‘lom ko‘rinishga ega bo‘lgan.

Foto: Checheniston rahbari matbuot xizmati
Shundan so‘ng buyrak bilan bog‘liq muammolar haqidagi versiyalar paydo bo‘lgan. Muammolar zaharlanish natijasida yuzaga kelgani haqida mish-mishlar tarqalgan.

Ramzan Qodirov sog‘lig‘idagi muammolar haqidagi xabarlarni bir necha bor rad etib, “sog‘lom va kuchga to‘la” ekanini bildirgan. Xususan, u har uch oyda tekshiruvlardan o‘tishini aytib, oxirgi tekshiruvda “D vitamini pasayganini” aytgan. Shundan so‘ng Qodirov salomatligini isbotlash uchun kamera oldida 30 marta “otjimaniya” qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov: “Organizmim yosh yigitnikidek ekan”