15:53 / 31.08.2024
44

FT: Durovga qarshi ish Telegram IPO‘sini xavf ostiga qo‘yadi

FT: Durovga qarshi ish Telegram IPO‘sini xavf ostiga qo‘yadi
Foto: AP
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovga nisbatan Fransiyada boshlangan tergov kompaniyaning yaqin ikki yil ichida birjaga chiqish rejalarini izdan chiqarishi mumkin, chunki investorlar va reklama beruvchilar platformaga sarmoya kiritishni istamaydi. Bu haqda 30 avgust, juma kuni Financial Times gazetasi ekspertlarga tayanib yozdi.

«Agar ular Telegram'ni firibgar deb hisoblasa, investorlar IPO‘da ishtirok etadimi? Ishonchim komil emas. Obligatsiyalarga investorlar ham xuddi shunday dilemmaga duch kelishadi», dedi jurnalistlarga Telegram qimmatli qog‘ozlari egalaridan biri. Boshqa bir obligatsiya egasi Durovning qo‘lga olingani haqidagi xabardan so‘ng kompaniyadan hech qanday ma’lumot olmaganini aytdi.

Mart oyida Durov nashrga bergan intervyusida IPO o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgandi. Uning ta’kidlashicha, potensial investorlar kompaniyani «30 milliard dollardan ortiqqa» baholagan.

Makron Durovning Fransiyaga kelishini oldindan bilmaganini aytdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 29 avgust kuni Serbiyaga tashrifi chog‘ida Telegram asoschisi Pavel Durovning Fransiyaga «taklif etilgani haqidagi» ma’lumotni rad etdi. Bu haqda Fransiya OAV, jumladan, Le Figaro gazetasi va BFMTV telekanali xabar berdi.

«Mamlakatimizda hokimiyat bo‘linishi bor, men uning kelishidan bexabar edim. Bu oddiy hol. Taklifnoma rasmiylashtirganim yolg‘on», - deya Makronning so‘zlarini keltiradi BFMTV.

Avvalroq, 27 avgust kuni Le Canard enchaîné satirik gazetasi 24 avgust kuni Parijdagi Le Burje aeroportida qo‘lga olinganida Pavel Durov Makron bilan kechki ovqatga borishi kerakligini aytganini yozgan edi.

Germaniya Telegram'ni yetarlicha hamkorlik qilmaganlikda aybladi

Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasi (BfV) rahbari o‘rinbosari Zinan Zelen Telegram platformasini hamkorlikka tayyor emaslikda aybladi. Zelen tegishli pozitsiyani 28 avgust kuni Berlinda bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turli doiralar Pavel Durov platformasida muloqot qiladi va idora «diqqat markazida» bo‘ladi. Shu bilan birga, terrorizm yoki o‘ng ekstremizmga qarshi kurashish haqida gap ketganda, «boshqa platformalardagi kabi ma’lumotlar almashinuvi (Telegram tomonidan) yo‘q», deb ta’kidlaydi Zelen.

«Biz Telegram'ga savollar ham beryapmiz» va «javoblar - cheklangan», deya uning so‘zlarini keltiradi AFP. «Qonunan ruxsat etilgan» so‘rovlar doirasida axborotni juda tez va ishonchli taqdim etuvchi platformalar mavjud, biroq Telegram ulardan biri emas, deya qo‘shimcha qildi Zelen.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » FT: Durovga qarshi ish Telegram IPO‘sini xavf ostiga qo‘yadi