19:19 / 31.08.2024
55

Durov hibsga olinishidan oldin fransuz kontrrazvedkasi bilan uchrashgan

Durov hibsga olinishidan oldin fransuz kontrrazvedkasi bilan uchrashgan
Foto: Reuters
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Parijda hibsga olinganidan so‘ng so‘roq paytida Fransiya ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi (DGSI) vakillari bilan aloqada bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Liberation nashri manbaga tayanib xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Durov Dubayda DGSI vakillari bilan uchrashgan.

Ushbu uchrashuv qachon bo‘lib o‘tgani noma’lum. Ta’kidlanishicha, unda Telegram asoschisi “harbiy sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilish uning uchun noo‘rin bo‘lishini” aytgan. Qaysi ma’lumotlar muhokama qilinayotgani aniqlanmagan.

Pavel Durov, shuningdek, terrorizmga qarshi kurash uchun DGSI bilan “ishonch telefoni va maxsus elektron pochta manzili bilan” rasmiy aloqa kanalini ochganini ham aytgan. Uning ta’kidlashicha, ma’lumotlar almashinuvi bir necha teraktlarning oldini olishga yordam bergan.

Liberation'ga ko‘ra, qo‘lga olinganidan so‘ng Durov hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan va huquqni muhofaza qilish organlariga mobil telefoni va kirish kodini bergan. 25 avgust kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron BAA rahbari shayx Muhammad bin Zoid al Nahayon bilan uning hibsga olinishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgan.

Telegram asoschisi 24 avgust kuni Parijga yetib kelganida qo‘lga olingan edi. Unga Telegram'dagi firibgarlarning harakatlari va messenjerning Fransiya rasmiylari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani bilan bog‘liq oltita band bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. 28 avgust kuni Durov sud nazorati ostida 5 million yevro garov evaziga qo‘yib yuborilgan va Fransiyani tark etishi taqiqlangan. Shuningdek, uning akasi Nikolay Durov ham mamlakatda qidiruvga berilgani haqida xabar berilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Durov hibsga olinishidan oldin fransuz kontrrazvedkasi bilan uchrashgan