21:16 / 31.08.2024
7

49 yoshli aktrisa Anjelina Joli faxriy mukofot bilan taqdirlanadi

49 yoshli aktrisa Anjelina Joli faxriy mukofot bilan taqdirlanadi
Anjelina Joli 8 sentyabr kuni Toronto kinofestivalida Impact Media nominatsiyasida TIFF Tribute mukofoti bilan taqdirlanadi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Ma’lumki, Venetsiya kinofestivalini ochib bergan 49 yoshli aktrisa 8 sentyabr, yakshanba kuni shahardagi Fairmont Royal York mehmonxonasida taqdirlanadi. Bu uning “Qonsiz” so‘nggi rejissyorlik loyihasining jahon premerasiga to‘g‘ri keladi.

Ilgari Pedro Almodovar kabi rejissyorlarga berilgan TIFF Tribute Award in Impact Media mukofoti kinoga ijtimoiy ta’sir ko‘rsatgan shaxslarni ham taqdirlaydi.

Shuningdek, Emi Adams, Keyt Blanshett va Devid Kronenberg ham TIFF-2024 marosimda taqdirlanadi, Sandra O esa faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 49 yoshli aktrisa Anjelina Joli faxriy mukofot bilan taqdirlanadi