20:35 / 04.09.2024
71

Bir hafta ichida Afg‘onistonni 72 mingdan ortiq afg‘on tark etdi

Bir hafta ichida Afg‘onistonni 72 mingdan ortiq afg‘on tark etdi
Foto: NHC
Afg‘onistonni 18 avgustdan 24 avgustga qadar jami 72 624 nafar kishi tark etib, ularning ko‘pchilik qismi Eron va Pokistonga yo‘l olgan.

Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda Afg‘onistonni tark etganlar soni mamlakatga qaytganlardan 11 foizga ko‘p bo‘lgan. Hisobotda o‘sha vaqtda Eron va Pokistondan Afg‘onistonga kamida 64 950 nafar afg‘on fuqarosi qaytgani ham qayd etilgan.

Umuman olganda, Afg‘onistonni tark etgan yoki qaytganlarning umumiy soni o‘tgan haftaga nisbatan 21 foizga oshgan.

Afg‘onistondan chiqib ketganlarning 51 foizi Eronga yo‘l olgan. Bundan tashqari, BMTning so‘nggi hisobotida 2023 yilning 11 sentyabridan 2024 yilning 31 iyuliga qadar deyarli 700 ming nafar afg‘on muhojiri Pokistondan Afg‘onistonga qaytgani haqida xabar berilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir hafta ichida Afg‘onistonni 72 mingdan ortiq afg‘on tark etdi