Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Fransiyada qonunchilik bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan Telegram asoschisi Pavel Durov messenjerda moderatsiyani yaxshilashga va’da berdi. 6 sentyabr, juma kuni Telegram'da e’lon qilgan postida Durov bu yil messenjerda moderatsiyani «tanqid maydonidan maqtov maydoniga» o‘tkazish niyatida ekanini bildirdi.
«Telegram foydalanuvchilarining 99,999 foizi jinoyatga aloqasi yo‘q, biroq 0,001 foiz noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangani uchun butun platformaga yomon imidj yaratadi va deyarli milliard foydalanuvchimizning manfaatlarini xavf ostiga qo‘yadi», — dedi Durov.
«Yaqin atrofdagi odamlar» funksiyasi olib tashlanishi
Uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram'da endi «Yaqindagi atrofdagi odamlar» (People Nearby) funksiyasi bo‘lmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror Telegram foydalanuvchilarining 0,1 foizdan kamrog‘i ushbu funksiyadan foydalangani, biroq ayni paytda «botlar va firibgarlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelgani» sababli qabul qilingan.
«Yaqin atrofdagi odamlar» funksiyasi yaqinroqdagi foydalanuvchilar va mahalliy guruhlarni qidirish imkonini bergan. Foydalanuvchilar u avgust oyi oxirida ishlamay qolgani haqida xabar qildi.
Bunday xabarlar Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishi fonida paydo bo‘ldi, u yerda unga uyushgan jinoyatchilikka aloqador bir qancha, jumladan, rasmiylar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish, giyohvand moddalar va bolalar pornografiyasini tarqatish ayblovlari qo‘yildi.
«Yaqin atrofdagi biznes»
Durovning so‘zlariga ko‘ra, «Yaqin atrofdagi odamlar» funksiyasi o‘rniga «Yaqin atrofdagi biznes» funksiyasi ishga tushiriladi, unda qonuniy, tasdiqlangan kompaniyalar ishtirok etadi. «Ushbu kompaniyalar mahsulot kataloglarini namoyish qilishlari va to‘lovlarni muammosiz qabul qilishlari mumkin», deyiladi postda.
Pavel Durov, shuningdek, messenjer ma’muriyati Telegraph'ga yangi media-fayllarni yuklashni o‘chirib qo‘yganini, «anonim shaxslar undan boshqa maqsadlarda foydalanayotganini» ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»