16:30 / 07.09.2024
50

Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Istanbuldan deport qilindi

Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Istanbuldan deport qilindi
Foto: Istanbuldagi bosh konsulxona
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi jinoiy javobgarlikdan qochib, Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil davom ettirilishini bildirdi.

Joriy yilda Turkiya va O‘zbekiston ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Istanbulda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 43 yoshli ayol qo‘lga olingan. Bu haqda Istanbuldagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, R.Sh. firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2021 yildan buyon O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan. Ayol 7 sentyabr kuni Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

«Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga, Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi», — deyiladi konsulxona xabarida.

Shuningdek, diplomatik muassasa jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettirilishini, jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanishini bildirgan.

«Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda ko‘plab firibgarlik holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortganini inobatga olib, fuqarolarimizdan firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz», deyiladi konsulxona axborotida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Istanbuldan deport qilindi