15:34 / 08.09.2024
34

Eron prezidenti mamlakat poytaxtini ko‘chirishni taklif qildi

Eron prezidenti mamlakat poytaxtini ko‘chirishni taklif qildi
Foto: Reuters
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon mamlakat poytaxtini Tehrondan Fors ko‘rfazi sohillariga ko‘chirish kerakligini aytdi. Bu haqda Fars News xabar berdi.

Uning fikricha, iqtisodiy va siyosiy markazni Eronning janubiy sohillariga ko‘chirish kerak. Chunki Tehronda poytaxt sifatida muammolar mavjud bo‘lib, shundan boshqa chora yo‘q.

Hozirgi tendensiyani davom ettirib, mamlakatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Agar biz Tehronga janubdan va dengizdan resurslar olib kelishni, keyin ularni mahsulotga aylantirib, yana janubga eksport qilishga jo‘natishni davom ettiradigan bo‘lsak, bu raqobatbardoshligimizni yanada pasaytirib boradi”, degan Pezeshkiyon.

Uning ta’kidlashicha, Tehronni hozirgi muammolari bilan rivojlantirishga urinish vaqtni behuda sarflashdir. Mavjud muammolar qatorida prezident suv tanqisligi, havoning ifloslanishi va tuproq cho‘kishi kabilarni ham sanab o‘tdi.

Eron hukumati poytaxtni ko‘chirishni birinchi marta taklif qilishi emas. Bu masala Mahmud Ahmadinajod rahbarlik qilgan (2002—2012 yillar) paytdayoq ko‘tarilgan. 2013 yil yanvarida Islomiy kengash siyosiy va ma’muriy poytaxtni Tehrondan ko‘chirish rejasini ma’qullagan edi.

Mashreq'da qayd etilishicha, aksariyat mutaxassislar poytaxtni ko‘chirishga pul sarflagandan ko‘ra, Tehronning samarasiz va eskirgan infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shuningdek, binolarning zilzilalarga bardoshliligini mustahkamlash yaxshiroq deb hisoblaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron prezidenti mamlakat poytaxtini ko‘chirishni taklif qildi