06:00 / 09.09.2024
181

AQSHning yetti prezidenti g‘alabasini bashorat qilgan tarixchi saylovda kim yutishini aytdi

AQSHning yetti prezidenti g‘alabasini bashorat qilgan tarixchi saylovda kim yutishini aytdi
Foto: NBC News
Amerikalik taniqli siyosatshunos, tarix professori, avvalroq AQSHning yetti prezidenti g‘alabasini to‘g‘ri bashorat qilgan Allan Lixtman noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda kim yutishini aytdi. Bu haqda u Fox News telekanali efirida ma’lum qildi.

Tarixchining so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak ovoz berishda AQSHning amaldagi vitse-prezidenti va davlat rahbari lavozimiga nomzod Kamala Harris g‘alaba qozonadi.

Kamala Harris (prezidentlikka nomzod) Trampni yengishiga ishonchim komil. Demokratlar nazoratni o‘z qo‘llarida saqlab qoladi. Bu bashoratim mening 'Oq uyning 13 kaliti' nomli tizimimga asoslangan”, deya ta’kidladi u.

Lixtman 1984 yildan beri AQSH prezidentlik saylovlarida g‘oliblarni deyarli xatosiz aniqlab kelgan. Buning uchun 13 ta omil yoki “kalit”dan iborat tahlil tizimidan foydalangan.

Tizimning mohiyati 13 ta savoldan iborat bo‘lib, ularga faqat “ha” yoki “yo‘q” deb javob berish mumkin. Agar oltita yoki undan ortiq savolga “ha” deyilsa, amaldagi partiya, aks holatda esa boshqa partiya yutishini bildiradi.

Foto: AP / Allan Lixtman
Tarixchi 2000 yilda demokrat Albert Gor prezident bo‘lishini bashorat qilgandi. Biroq, Gor umumxalq ovoz berishda g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, u oxir-oqibat kichik Jorj Bushga prezidentlikni topshirdi. O‘sha saylovlar Florida shtatida ovozlarni qayta sanab chiqish mojarosi bilan kechgani sababli, professor uning bashorati dastlab aniq bo‘lgan deb hisoblaydi.

Lixtman 2016 yilda Donald Tramp saylovlarda g‘alaba qozonishini va Hillari Klinton mag‘lubiyatga uchrashini bashorat qilgan kam sonli odamlardan edi. Shuningdek, professor Trampga nisbatan impichment jarayoni boshlanishini ham oldindan aytgan.

2020 yilgi saylovlar haqida fikr yuritar ekan, tarixchi unda Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden g‘alaba qozonishi, Tramp esa ikkinchi muddatga qayta saylana olmasligi haqida taxmin qilgandi.

AQSHda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Respublikachilar partiyasidan sobiq prezident Donald Tramp nomzod qilib ko‘rsatilgan. Demokratik partiyadan esa vitse-prezident Kamala Harris.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning yetti prezidenti g‘alabasini bashorat qilgan tarixchi saylovda kim yutishini aytdi