Ertami-kechmi dunyoda yuqori darajadagi keskinlik tufayli yadroviy urush boshlanadi. Bu haqda AQSH armiyasining sobiq razvedkachisi Skott Ritter ijtimoiy tarmoqda bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Dunyodagi hozirgi taranglik darajasidan kelib chiqqan holda, bu (yadro qurolidan foydalanish - tahrir) vaqt masalasidir”, — deya taxmin qildi ekspert.
Razvedka xodimining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi tendensiya shundan iboratki, dunyo sekin-asta yadroviy tiyilishning klassik konsepsiyasidan uzoqlashmoqda, bu esa ommaviy qirg‘in qurollaridan profilaktik foydalanishni nazarda tutmaydi.
Ritterning fikricha, "oldindan zarba berishingiz mumkin bo‘lgan ssenariy mavjud". Mutaxassis ta’kidlaganidek, dunyo mamlakatlari endi bunday qurollar ustidan nazoratni muhokama qilmaydi va ularning arsenalini qisqartirish zarurligi haqida gapirmaydi.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov yadro urushi xavfi hozirda juda katta ekanligini, bu xavfni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmasligini aytgan edi. Biroq, uning fikricha, bu tahdidni sun’iy ravishda kuchaytirishga tayyor bo‘lganlar ko‘p. Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llash masalasiga beparvolik bilan qaramaslik kerakligi haqida ogohlantirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi