Uels malikasi Ketrin dushanba kuni kimyoterapiya kursini yakunlaganini va yil oxirigacha qirollik oilasining a’zosi sifatida o‘z vazifalariga qisman qaytishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u to‘liq sog‘ayish yo‘li uzoq bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
“Nihoyat kimyoterapiya kursini tugatish qanday yengillik ekanini tasvirlab bera olmayman, — dedi Uels malikasi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan murojaatda. — Oxirgi to‘qqiz oy oilamiz uchun nihoyatda og‘ir bo‘ldi. Odatiy hayot bir lahzada o‘zgarishi mumkin va biz bu mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishimiz kerak edi”.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning oxirigacha Keyt bir qator jamoat tadbirlarida ishtirok etadi.
Yilning boshlanishi qiyin bo‘ldi
Shu yilning yanvar oyida Keyt qorin bo‘shlig‘ida murakkab operatsiya qilindi, shundan so‘ng malikaga saraton tashxisi qo‘yildi. U shifoxonada uch hafta yotdi, bu jamoatchilik va matbuot e’tiboridan chetda qolmadi.
Mish-mishlarning oldini olish uchun mart oyida Kensington saroyi Uels malikasining tashxisi va fevral oyining oxirida kimyoterapiya kursini boshdan kechirayotganini e’lon qildi.
Keytning o‘zi o‘sha zahotiyoq videomurojaat qilib, unda o‘zining ahvoli va davolanishi haqida gapirdi. Ammo o‘sma turi oshkor qilinmadi.
Operatsiyadan keyin Keyt birinchi marta iyun oyida qirol Charlzning rasmiy tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan “Bayroq ko‘tarish” harbiy paradida omma oldida paydo bo‘ldi va iyul oyida Uimbldon tennis turniriga tashrif buyurdi.
Shu yilning boshida qirol Charlz III ga ham saraton tashxisi qo‘yildi. Shundan so‘ng Britaniya qiroli ham omma oldida ancha kam ko‘rina boshladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi