Foto: Reuters
Isroil HAMAS siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvarga garovga olinganlarni ozod qilish va hudud nazoratidan voz kechish evaziga G‘azo sektoridan xavfsiz chiqishni taklif qildi.
Isroilning o‘g‘irlangan va bedarak yo‘qolgan shaxslar masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Gal Xirsh jurnalistlarga bu borada ma’lumot bergan.
“Men Sinvar, uning oilasi va unga qo‘shilishni xohlaydigan har qanday shaxsga xavfsiz chiqib ketish imkoniyatini taqdim etishga tayyorman. Biz garovga olinganlarni qaytarib olishni istaymiz. Biz demilitarizatsiya va radikal g‘oyalardan voz kechishni xohlaymiz”, degan Xirsh.
U tegishli taklif bir necha kun oldin berilganini aytdi, biroq Falastin harakatining javobi qanday bo‘lganini ma’lum qilmadi.
“Bir vaqtning o‘zida men B, C va D rejalari ustida ishlayapman, chunki garovga olinganlarni uyga qaytarish kerak”, dedi u.
May oyida yahudiy davlatining The Times of Israel gazetasi ikki isroillik amaldorga tayanib, Yahyo Sinvar G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunis shahri yaqinidagi tunnellarda bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi. Iyul oyi oxirida Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniya o‘ldirilgandi. U Eron poytaxtidagi qarorgohiga Isroil tomonidan berilgan aviazarba oqibatida halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?