00:30 / 13.09.2024
87

Zelenskiy: “Rossiya Kursk viloyatida qarshi hujum boshladi”

Zelenskiy: “Rossiya Kursk viloyatida qarshi hujum boshladi”
Foto: dpa
Rossiya qo‘shinlari Kursk viloyatida qarshi hujumga o‘tdi. Bu haqda 12 sentyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Rossiya Mudofaa vazirligi rasman ma’lum qildi.

Avvalroq faqat norasmiy manbalar Rossiyaning qarshi hujumi boshlangani haqida xabar bergandi.

Zelenskiy Kursk yaqinidagi voqealar “Ukraina rejasi” asosida sodir bo‘layotganini ta’kidlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, avvalroq Ukraina armiyasi tomonidan bosib olingan o‘nta aholi punkti ustidan “nazorat tiklangani” haqida xabar bergan.

Bir kun avval Ukrainaning OSINT DeepState loyihasi Rossiya armiyasining Kursk viloyatidagi hujum harakatlari davomida rus qo‘shinlari zirhli texnikalarni Seym daryosi va mintaqadagi kichikroq daryolar orqali o‘tkazishga muvaffaq bo‘lganini yozgan edi.

Rossiyaning urush tarafdori bo‘lgan Telegram kanallari ham Kursk yaqinida rus armiyasining qarshi hujumi haqida xabar bergan. Bundan tashqari, Axmat maxsus kuchlari qo‘mondoni, general mayor Apti Alaudinov “Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘nta aholi punktini tozalash va nazorat qilish” haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: “Rossiya Kursk viloyatida qarshi hujum boshladi”