Foto: “Sputnik Afganistan”
Afg‘oniston markazidagi Daykundi viloyatida noma’lum qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujumda kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TOLOnews mahalliy manbalarga tayanib xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, yana 6 kishi jarohat olgan. Hujum mahalliy vaqt bilan 13:00 atrofida Daykundi va G‘or provinsiyalari chegarasidagi dovon hududida sodir bo‘lgan. Telekanal suhbatdoshlariga ko‘ra, hujum mahalliy aholi Iroqning Karbalo shahridan qaytayotgan ziyoratchilarni kutib olishga borganida sodir etilgan.
Hujum ichki va xalqaro miqyosda noroziliklarga sabab bo‘lgan. “Tolibon” vakili Zabihulloh Mujohid qotillikdan afsusda ekanini bildirgan.
Mujohid X tarmog‘ida bu “shafqatsiz” harakatni keskin qoralab, odamlarning hayoti va mulkini himoya qilishni o‘zining burchi deb bilishini aytgan. U ushbu voqea uchun javobgar shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish va hibsga olish uchun jiddiy harakatlar amalga oshirilishiga va’da bergan.
Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay ham hujumni qoralab, qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirgan.
Eronning Kobuldagi elchixonasi hujumni keskin qoralab, aybdorlarning javobgarlikka tortilishini talab qilgan. Eron TIV matbuot kotibi Nosir Kanani Daykundi aholisiga qilingan hujumni qoralab, muvaqqat hokimiyatni ushbu “jinoyat” uchun zudlikda chora ko‘rishga chaqirgan.
Mazkur hujum uchun javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi