Foto: president.kg
Qirg‘iziston Respublikasi «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga 11 milliard qirg‘iz so‘mi (≈131 mln dollar) sarmoya kiritadi. Bu haqda Qirg‘iziston Moliya vazirligi taqdim etgan 2025 yilgi davlat budjeti loyihasida belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma loyiha kompaniyasining ustav kapitaliga Qirg‘iziston tomonining hissasi quyidagicha taqsimlanadi: 2025 yilda 2 milliard 418 million qirg‘iz so‘mi, 2026 yilda 4 milliard 291 million qirg‘iz so‘mi, hamda 2027 yilda - 4 milliard 374 million qirg‘iz so‘mi. Umumiy investitsiya hajmi 131,39 million dollarni tashkil etadi.
2024 yil 6 iyun kuni Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida temiryo‘l loyihasini amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha kelishuv imzolangan va moliyalashtirish masalasi hal etilgan edi. Jogorku Kenesh kelishuvni 19 iyunda, prezident Sadir Japarov esa 27 iyunda imzolagan.
Avvalroq, «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi 2024 yil oktyabr oyida boshlanishi, loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 700 million dollarga baholangani haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi