Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official
Rossiya armiyasi 15 sentyabr kuni Ukrainaning Xarkov shahriga boshqariladigan aviabombalar bilan hujum qildi. Hodisa oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xabar berdi.
Hujumni Xarkov shahri meri Igor Terexov ham tasdiqlagan. U Rossiya tomonidan boshqariladigan aviabombalar qo‘llanilganini aytgan. Ko‘p qavatli turar joy binosi zarar ko‘rgan.
“Xarkovda qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Rossiyaning aviabombalar bilan zarbasi. Oddiy turar-joy binosi, ko‘p qavatli uyga zarar yetgan. 9 va 12-qavatlar oralig‘ida yong‘in va o‘pirilishlar kuzatilgan. Hozirda 30 ga yaqin yaradorlar, shu jumladan bolalar borligi ma’lum”, — degan Zelenskiy.
U yana bir bor Ukrainaga Rossiya harbiy aviatsiyasidan himoyalanishga yordam berishga chaqirgan.
Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official
“Dunyo Rossiya harbiy aviatsiyasidan, har kuni ukrainaliklarning hayotiga zomin bo‘layotgan o‘nlab boshqariladigan bombalardan himoyalanishga yordam berishi kerak. Bu terrorni to‘xtatish mumkin. Ammo buning uchun obyektiv zarur bo‘lgan kuchli qarorlar oldidagi qo‘rquvni to‘xtatish kerak. Bu urushni faqat qat’iyat bilan adolatli yakunlash mumkin. Aynan qat’iyat terrordan samarali himoya qiladi”, degan Ukraina prezidenti. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?