12:15 / 16.09.2024
158

«Axmat» rahbari - Ukrainaga: chechenistonlik asirlarni o‘zingizda qoldirishingiz mumkin

«Axmat» rahbari - Ukrainaga: chechenistonlik asirlarni o‘zingizda qoldirishingiz mumkin
Apti Alaudinov Foto: Alexander Reka/TASS/dpa/picture alliance
RF qurolli kuchlari bosh harbiy-siyosiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, «Axmat» maxsus kuchlari komandiri, general-mayor Apti Alaudinov Ukraina qurolli kuchlariga o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lgan chechen harbiylarining asirlikdan ozod etilishiga hissa qo‘shmasligini aytdi. Alaudinov ushbu e’lonni videoga olib, 15 sentyabr, yakshanba kuni o‘zining Telegram-kanaliga joylashtirdi.

«Qadim zamonlardan beri chechenlar asirlikda bo‘lishni o‘zlari uchun eng katta sharmandalik deb bilishgan, bu chechen uchun o‘z qonidan boshqa narsa bilan yuvib bo‘lmaydigan sharmandalik», - deydi Alaudinov. «Panjalaringizni ko‘tarib, qizlar kabi taslim bo‘lganingizdan keyin qanday yashaysiz?» - deb qo‘shimcha qiladi u.

Alaudin asirlarni o‘lish uchun hamma narsani qilishga chaqirdi. «Menimcha, siz hatto yashashga ham loyiq emassiz», deydi u va bu jangchilar «muqaddas yo‘lni tark etishgani»ni qo‘shimcha qildi.

«Ularni o‘zingizda qoldirishingiz mumkin»

«Axmat» qo‘mondoni o‘zining Telegram-kanalida ukrainalik harbiylar tomonidan asirga olingan chechenlarning qarindoshlari unga yaqinlarini ozod qilishda yordam so‘rab murojaat qilishayotganini aytdi. Alaudinov boshqa asirlarni qaytarishda yordamga tayyorligini, lekin chechenlar bo‘yicha yordam bermasligini aytdi.

«Men ukrainaliklarga yuzlanaman: ularni o‘zingizda qoldirishingiz mumkin. Ular bizga kerak emas. Menga qo‘ng‘iroq qilishning hojati yo‘q, men sizlarga almashtiruvchi emasman», dedi u.

Avgust oyi boshida Alaudinov Kursk oblastidagi chegarani himoya qilgan chechen bo‘linmalari ukrainalik harbiylar bilan shunchaki to‘qnash kelmagani sababli Ukraina qurolli kuchlari hujumini qaytara olmaganini aytgan edi. Ukraina askarlari jangga kirmay, chechenlar tayanch punktlari yonidan o‘tib ketishdi, deya tushuntirdi u.

Shu bilan birga, rossiyalik «harbiy muxbir» Yuriy Kotenok butunlay boshqacha xabar berdi. Uning ta’kidlashicha, «axmatchilar» aynan Kursk oblastining Ukraina Qurolli kuchlari hujumi boshlangan hududlarida joylashgan. «VCHK-OGPU» Telegram-kanali Qodirovning Korenev rayonida joylashgan maxsus bo‘linmalari Ukraina harbiylarining birinchi zarbalaridan so‘ng «tarqalib ketgan», ya’ni qochib ketganini yozgan.

Prigojin isyoni paytida chechen tuzilmalari

Bundan oldinroq - «Vagner» XHK va uning rahbari Yevgeniy Prigojinning isyoni paytida - Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning shaxsiy gvardiyasi sifatida ko‘riluvchi Rossiya gvardiyasining chechen bo‘linmalari frontdan olindi va Rostov-Donga yuborildi, lekin «vagnerchilar» bu shaharda bo‘lgan butun vaqt davomida chechen bo‘linmalari shunchaki u yerga yo‘l olishda davom etishgan yoki tirbandlikda qolib ketishgan. Natijada, ular Rostovga yetib borib, «Vagner» XHK bilan uchrasha olishmadi.

Bungacha Alaudinov «qodirovchilar» Kursk oblastida ukrainaliklar tomonidan asirga olinganini ma’lum muddat rad etgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Axmat» rahbari - Ukrainaga: chechenistonlik asirlarni o‘zingizda qoldirishingiz mumkin