21:39 / 17.09.2024
137

“Hizbulloh” peyjerlari to‘satdan portlashi oqibatida mingdan ortiq kishi jarohatlandi

“Hizbulloh” peyjerlari to‘satdan portlashi oqibatida mingdan ortiq kishi jarohatlandi
Foto: Mash
Livanda hamda Suriyaning ayrim hududlarida “Hizbulloh” harbiylari bir-biri bilan muloqot qilish uchun foydalanadigan o‘nlab qurilmalar bir vaqtning o‘zida portlab ketdi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, peyjerlar portlashi natijasida 1000 nafardan ortiq odam jarohat olgan.

“Portlashlar qurbonlari haqidagi xabarlar poytaxt Bayrutning janubiy chekkasi va mamlakat janubidan kelib tushmoqda”, deya xabar bergan “Hizbulloh”ga yaqin manba.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ba’zi kadrlarda ushbu peyjerlar egalarining ko‘chalarda jarohatlangani aks etgan. Ismini oshkor etishni istamagan “Hizbulloh” rasmiysiga ko‘ra, portativ peyjerlar portlashi oqibatida Livan va Suriyaning turli hududlarida guruh a’zolari ham jarohatlangan. Reuters nashriga ko‘ra, kamida 3 kishi halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Eronning Livandagi elchisi Mojtaba Amani yengil jarohat olgan va shifoxonaga joylashtirilgan. “Mehr” axborot agentligi ham o‘zining Telegram kanalida Amani peyjer portlashi oqibatida yaralangani haqida xabar bergan.

“Hizbulloh” sodir bo‘lgan voqeani Isroil razvedkasining ishi deb hisoblamoqda. Ular go‘yoki tashkilot safiga kirib borishga va peyjerlarga portlovchi moslamalarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. Isroil ushbu xabarlarga izoh bermagan.

Avvalroq “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh guruh a’zolarini uyali telefon olib yurmaslik haqida ogohlantirib, Isroil ularning harakatlarini kuzatish va maqsadli zarbalar berish uchun foydalanishi mumkinligini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hizbulloh” peyjerlari to‘satdan portlashi oqibatida mingdan ortiq kishi jarohatlandi