Foto: AFP
Isroil sobiq bosh vaziri Naftali Benet amaldagi bosh vazir Binyamin Netanyaxu hukumatini G‘azodagi harbiy operatsiyani cho‘zayotganlikda aybladi.
U Bild nashriga bergan intervyusida mazkur harakatlar Eron uchun foydali ekanini aytgan.
“Hukumatning hozirgi strategiyasi urushni past intensivlikda uzaytirishdan iborat. G‘azoda urush yo‘q, u yerda juda oz askarlar bor”, dedi Benet.
Sobiq amaldorga ko‘ra, urushni yo oldini olish yoki tezda olib borish kerak.
“Biz urushni xohlamaymiz, lekin agar siz urushda g‘alaba qozonmoqchi bo‘lsangiz, bu juda shiddatli va juda qisqa bo‘lishi kerak. Bu har doim bizning strategiyamiz bo‘lib kelgan”, deya ta’kidlagan sobiq bosh vazir.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron strategiyasi uzoq muddatda Isroil kuchlarini yo‘q qilishdir. Siyosatchining fikricha, “Isroil Eron ssenariysi bo‘yicha o‘ynamasligi lozim”.
Benet Netanyaxu va uning hukumatini G‘azodagi urushda tezda g‘alaba qozonishga yoki o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi