12:34 / 18.09.2024
96

Polshada Oleksandr Usik qo‘lga olindi, Zelenskiy norozilik bildirdi

Polshada Oleksandr Usik qo‘lga olindi, Zelenskiy norozilik bildirdi
Foto: Google Images
Ukrainalik bokschi Oleksandr Usik 17 sentyabr, seshanba kuni kechqurun Polshaning Krakov aeroportida qo‘lga olindi. Bu haqda ukrainalik sportchi va siyosatchi Chjan Belenyuk xabar berdi.

Keyinchalik Usikning rafiqasi Yekaterina bokschi bilan hammasi yaxshi ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hech qanday jinoyat sodir bo‘lmagan va sportchi tez orada hamma narsaga oydinlik kiritadi.

Ko‘p o‘tmay Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Usik bilan telefon orqali bog‘langanini, shundan so‘ng bokschi qo‘yib yuborilganini aytdi. Davlat rahbari Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Andrey Sibiga va Ichki ishlar vazirligi rahbari Igor Klimenkoga yuzaga kelgan vaziyatni o‘rganishga topshiriq bergan.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Georgiy Tixining aytishicha, departament Usikning hibsga olinishi yuzasidan Polshaga norozilik bildiradi. Kiyev bokschiga nisbatan ko‘rsatilgan munosabatni keskin qoralashini aytdi.

Tixining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Krakovdagi bosh konsuli mamlakat tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga topshirig‘i bilan vaziyatga oydinlik kiritish uchun allaqachon aeroportga jo‘nab ketgan.

Krakov aeroporti matbuot kotibi Natalya Vinsning Interia portaliga aytishicha, Usikni aviakompaniya vakili reys kiritmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatga aeroport xavfsizlik xizmati, shuningdek, chegara qo‘riqlash xizmati aralashgan.

Onet portali sport promouteri Anjey Vasilevskiyga tayanib, Usik Kiyevdan Krakovga mashinada yetib kelgani, u yerdan Ispaniyaga yig‘inga uchib ketmoqchi bo‘lganiga aniqlik kiritdi. Noma’lum sabablarga ko‘ra bokschiga hamrohlik qilayotgan shaxs parvozga kiritilmagan. Usik yolg‘iz uchishdan bosh tortgan va hamkasbining hibsga olinishiga qarshilik ko‘rsata boshlagan.

Keyinroq Usik Krakov aeroportida ushlanganiga izoh berib, “hammasi yaxshi” ekanini aytdi va voqeani “tez hal etilgan tushunmovchilik” deb atadi.

Do‘stlar, hammasi yaxshi. Tezda hal qilingan tushunmovchilik bor edi. Xavotirga tushgan barchaga rahmat. Ukraina diplomatlariga yordam uchun rahmat. Bo‘yi, vazni, qo‘llari va qiyofasiga qaramay, o‘z vazifalarini bajarayotgan Polsha huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hurmatim cheksiz”, dedi Oleksandr Usik.

Sportchining rafiqasi uning hibsga olinganidan keyin qo‘yib yuborilganini tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, 2023 yil iyul oyida Usik Ukraina prezidentligi uchun nomzodini qo‘yish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. Biroq keyinchalik sportchi bu fikrdan voz kechib, uni siyosiy martaba qiziqtirmasligini aytdi.

2024 yil 14 sentyabrda Usik Ukraina sport vazirligini mamnuniyat bilan qabul qilishi mumkinligini aytdi. Buni u yigitlar, farzandlari bilan ishlamoqchi ekani, ularga qo‘lidan kelgan narsalarni o‘rgatmoqchiligi bilan izohladi.

37 yoshli Usik 22 ta jangda 22 ta g‘alabaga erishgan. U Jahon boks tashkiloti (WBO), Butunjahon boks kengashi (WBC), Xalqaro boks tashkiloti (IBO) va super og‘ir vazn toifasida WBA chempionlik kamarlariga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polshada Oleksandr Usik qo‘lga olindi, Zelenskiy norozilik bildirdi