Foto: Google Images
AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati avgust oyida AQSH Kongressiga maxsus so‘rov yuborib, noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan oldingi va keyingi davrda Maxfiy xizmatni moliyalashtirishni ko‘paytirishni so‘radi. Bu haqda CNN manbalarga tayanib xabar berdi.
Oq uyning ta’kidlashicha, qo‘shimcha mablag‘siz Maxfiy xizmat “himoya operatsiyalarini amalga oshirish va kuchaytirish uchun yetarli resurslarga ega emas”. Shu bilan birga, qo‘shimcha xarajatlarning aniq miqdori ko‘rsatilmagan.
Telekanalning yozishicha, Bayden ma’muriyati so‘rovni Maxfiy xizmatni qisqa muddatli moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasining standart mazmuniga qo‘shimcha sifatida kiritgan. Mazkur qo‘shimcha 13 iyul kuni Pensilvaniyadagi saylovoldi mitingida AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning hayotiga ilk suiqasddan keyin yuborilgan.
Manbalarga ko‘ra, Oq uy va Kongress bir necha hafta ichida qo‘shimcha moliyalashtirish masalasini muhokama qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi