Foto: Getty Images
Ukrainada harbiy va davlat xizmatchilariga Telegram messenjeridan foydalanish taqiqlandi. Tegishli qaror mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi tomonidan qabul qilindi.
Kengash yig‘ilishida turli huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va vazirliklarning vakillari ishtirok etdi. Messenjerning taqiqlanishini Ukraina razvedka xizmati rahbari Kirill Budanov ham qo‘llab-quvvatlagan.
“Men har doim so‘z erkinligi tarafdori bo‘lganman va himoya qilishda davom etaman, biroq Telegram masalasi so‘z erkinligi masalasi emas, bu milliy xavfsizlik masalasidir”, degan Budanov.
Mudofaa kuchlari vakillari Telegram messenjeridan dushman tomonidan faol ravishda kiberhujumlar uyushtirish, fishing va zararli dasturiy ta’minotni tarqatish, foydalanuvchilarning joylashuvini aniqlash, raketa zarbalarini mo‘ljallash va shu kabi maqsadlarda foydalanilayotganini aytgan.
“Ushbu tahdidlarni imkon qadar kamaytirish maqsadida davlat hokimiyati organlari xodimlari, harbiylar, xavfsizlik va mudofaa sohasi xodimlari, muhim infratuzilma operatori hisoblangan korxonalarning xizmat qurilmalarida Telegram o‘rnatish va undan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
Taqiq messenjerdan foydalanish xizmat vazifalarining bir qismi bo‘lgan shaxslar uchun mustasnodir.
Ukraina avgust oyida Telegram'ni blokirovka qilish variantlarini o‘rganayotgandi. Messenjer asoschisi Pavel Durov Fransiyada hibsga olinganidan so‘ng Telegram'ni taqiqlash bo‘yicha yangi munozaralar boshlangan.
Sentyabr boshida Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Telegram mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solayotganini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi