08:58 / 25.09.2024
59

Isroil armiyasi Bayrutga “maqsadli zarba” berganini e’lon qildi

Isroil armiyasi Bayrutga “maqsadli zarba” berganini e’lon qildi
Foto: AFP
Isroil mudofaa kuchlari Livandagi “Hizbulloh” infratuzilmasiga qarshi davom etayotgan “Shimol o‘qlari” operatsiyasi doirasida yangi zarbalar seriyasini e’lon qildi.

Isroil armiyasi Livan poytaxti Bayrutga “maqsadli zarba” berganini ma’lum qilgan.

Kun davomida Isroil armiyasi Livan sharqidagi Bekaa vodiysida joylashgan “Hizbulloh” nishonlariga havo hujumlari uyushtirgani haqida xabar berdi. Bundan tashqari, Isroil armiyasi Livanning ayrim janubiy hududlariga ham hujum qilgan.

Nishonlarga qo‘mondonlik markazlari, qurollar saqlanadigan binolar va boshqa terror infratuzilmasi kiritilgan”, deyiladi Isroil armiyasi xabarida.

Isroil tomonining qo‘shimcha qilishicha, zarbalar natijasida Livanda ikkilamchi portlashlar qayd etilgan, bu zarar ko‘rgan binolarda qurol saqlanganligidan dalolat beradi.

23 sentyabr kuni Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Livanda “Shimol o‘qlari” deb nomlangan hujum operatsiyasini e’lon qilgan edi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mahalliy aholini “Hizbulloh” muassasalari yaqinidagi hududlarni tark etishga chaqirgan.

Hujumlarning birinchi kunida, Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 558 kishi, shu jumladan, 50 nafar bola va 94 nafar ayol halok bo‘lgan, yana 1835 kishi jarohat olgan. Mamlakat janubidagi minglab aholi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil armiyasi Bayrutga “maqsadli zarba” berganini e’lon qildi