12:16 / 25.09.2024
42

Rossiyada koronavirusning yangi XEC varianti aniqlandi

Rossiyada koronavirusning yangi XEC varianti aniqlandi
Foto: “Vedomosti”
Rossiyada koronavirusning yangi turi — XEC bilan kasallanishning ikki holati aniqlandi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

“Rospotrebnadzor” ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik Rostov viloyati va Ufa shahrida qayd etilgan. XEC alomatlari omikron simptomlariga o‘xshash.

Rossiya hududida aylanayotgan SARS-CoV-2 nukleotid ketma-ketliklarining molekular-genetik monitoringi doimiy ravishda olib borilmoqda”, deyiladi idora xabarida.

“Rospotrebnadzor” ikki hududda aniqlangan koronavirusning yangi holatlari haqida batafsil ma’lumot keltirmagan.

XEC — omikronning KS.1.1 va KP.3.3 kichik variantlaridan hosil bo‘lgan koronavirusning kichik varianti. Simptomlar orasida isitma, tomoq og‘rig‘i, yo‘tal, hid bilish va ishtaha yo‘qolishi, tumov, tana va bosh og‘rig‘i bor. XEC varianti Fransiya (21 foiz hollarda), Germaniya (15 foiz) va Buyuk Britaniyada tarqalgan.

O‘zbekistonda XEC aniqlanganmi?

Koronavirusning bu turi ilk bor 15 iyunda Germaniyada aniqlangan. U kelgusi oylarda dominantga aylanishi prognoz qilingan. COVID'ga qarshi qo‘llab kelinayotgan vaksinalar hozir aniqlanayotgan barcha shtammlar, xususan, XEC mutatsiyasiga nisbatan ham samara beradi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov yangi tur bo‘yicha quyidagicha ma’lumot bergan:

"Xalqaro tibbiy amaliyotda XEC shtammini yuqtirgan bemorlar asosan bir-ikki haftada to‘liq tuzalib ketishi kuzatilmoqda. Amaldagi davolash protokollari, muolaja usullari kutilganidek natija beryapti.

Hozir O‘zbekistonda XEC shtammi qayd etilgani yo‘q. O‘z navbatida, COVID-19 ga qarshi yetarli vaksinalar zaxirasiga egamiz. Shu bois yurtimizda katta miqyosdagi epidemiya va pandemiyalar kuzatilishi ehtimoldan yiroq. Negaki, aholimizda mavjud bo‘lgan jamoaviy immunitet mazkur kasallik qo‘zg‘atuvchisini mamlakatimiz hududiga kirib kelib, juda keng ko‘lamda tarqalish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi
", degan u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada koronavirusning yangi XEC varianti aniqlandi