19:09 / 25.09.2024
48

Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma olgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum bo‘ldi

Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma olgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum bo‘ldi
2024 yil sentyabr oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning 55 mingdan ortiq fuqarosi Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Turkiya Migratsiya xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning 55271 nafar fuqarosi yashash uchun ruxsatnoma olgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat Turkmaniston (109530), Rossiya (91304), Iroq (78615), Eron (76897), Suriya (76377) va Ozarboyjondan (71372) keyin yettinchi o‘rinda bormoqda.

Qisqa muddatli propiskaga ega xorijliklar orasida ham O‘zbekiston fuqarolari yettinchi o‘rinda – 24500 nafar. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Iroq, Turkmaniston va Suriya yetakchilik qilmoqda.

Talabalar vizasiga ega mamlakatlar orasida O‘zbekiston yuqori o‘ntalikka kira olmadi. Oilaviy vizalar orasida Rossiya va Ozarboyjondan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi - 13755.

Turkiya Migratsiya xizmati 2024 yil sentyabr oyi holatiga ko‘ra umumiy hisobda 1 milliondan ortiq turli xil ruxsatnoma va viza bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma olgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum bo‘ldi