Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram
O‘zbekiston Burundi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi, deb xabar bermoqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘z Telegram kanalida.
Ma’lum qilinishicha, Burundi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 152-davlat bo‘ldi.
Baxtiyor Saidov hamda Burundi tashqi ishlar va taraqqiyot hamkorlik vaziri Albert Shingiro BMT bosh qarorgohida tegishli qo‘shma kommyunikeni imzoladi.
“Ushbu hujjat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yuzaga chiqarishda poydevor bo‘lib xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, O‘zbekiston Kabo-Verde va Seyshel orollari bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatgani haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar