07:07 / 28.09.2024
19

Isroil Bayrutdagi “Hizbulloh” qarorgohiga zarba berdi

Isroil Bayrutdagi “Hizbulloh” qarorgohiga zarba berdi
Foto: Getty Images
Isroil mudofaa kuchlari Bayrutdagi “Hizbulloh” harakati markaziy qarorgohi binosiga zarba berganini ma’lum qildi.

"Bir muncha vaqt oldin harbiy kuchlarimiz “Hizbulloh” harakatining markazi bo‘lgan qarorgohga aniq zarba berdi", deyiladi armiya vakili Daniel Hagariy e’lon qilgan bayonotda.

Ta’kidlanishicha, shtab-kvartira Livan poytaxtining janubiy chekkasidagi turar joy massivida joylashgan. Isroil armiyasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, qarorgoh bunday hududga ataylab “aholidan tirik qalqon sifatida foydalanish strategiyasining bir qismi sifatida” joylashtirilgan.

"Isroil harbiylari “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan berilgan zarba vaqtida qarorgohda bo‘lgan-bo‘lmaganiga aniqlik kiritmoqda", deyiladi Isroil OAV tarqatgan xabarlarda.

O‘z navbatida, Axios portali manbalarga tayanib, zarba nishoni Nasrulloh bo‘lganini xabar qildi. Isroil tomoni Bayrutdagi hujum amalga oshirilishidan bir necha daqiqa oldin AQSHni xabardor qilgan.

Isroil harbiylari shu hafta boshida Livandagi “Hizbulloh”ning nishonlariga zarba berish uchun keng ko‘lamli operatsiya boshladi. “Hizbulloh” jangchilari, o‘z navbatida, Isroil hududiga raketa otishda davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Bayrutdagi “Hizbulloh” qarorgohiga zarba berdi