Foto: Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi
Ukraina hukumati safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunni qabul qilishni qariyb bir yil cho‘zdi. Shunga qaramay, may oyidagi safarbarlik frontdagi vaziyatni yaxshilamadi. Yangi askarlar jang qilishni bilmaydi, ularning yarmidan ortig‘i halok bo‘lmoqda yoki yaralanyapti. Bu haqda Financial Times'ga o‘nlab askar va komandirlar ma’lum qildi.
Yuqori martabali ukrain amaldorining so‘zlariga ko‘ra, safarbarlik darajasi oyiga taxminan 30 ming kishini tashkil etadi — bu Rossiya hukumati o‘z armiyasiga jalb qilayotgan shartnoma bo‘yicha askarlarning soniga teng. Ammo Ukraina qurolli kuchlari (UKQ) harbiy xizmatchilarining motivatsiyasi past, ular jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi tayyorlanmagan. «Ularning ayrimlari dushmanga o‘q otishga qo‘rqqanidan shunchaki qotib qoladi va qopda yoki og‘ir yaralangan holda ortga qaytadi», — deydi Donetsk oblasti mudofaasida ishtirok etayotgan bo‘linma komandirlaridan biri.
Gazeta suhbatlashgan komandirlarning baholashicha, yangi xizmatga kelgan askarlarning 50-70 foizi frontga kelganining birinchi kundayoq halok bo‘lmoqda yoki yaralanmoqda. Shuningdek, ularning bir qismi dezertirlik sodir etadi. «Ular pozitsiyaga tushib qolganida aksariyati birinchi snaryad portlashi bilan qochib ketadi», — deydi 72-mexanizatsiyalashgan brigadadagi harbiy qism komandiri o‘rinbosari.
Sentyabr boshida 40 yoshgacha bo‘lgan olti kishidan iborat guruh Pokrovsk yaqinida dushmanning doimiy hujumlariga muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatgan edi. Ularning komandirini so‘zlariga ko‘ra, ushbu harbiylar yuzdan ortiq Rossiya aksarini o‘ldirgan: «Ular jang maydoniga tashlanganida titrab qolishgandi. Ammo ular uxlamay, dam olmay o‘z ishlarini bajardi va pozitsiyani ushlab qoldi».
Ularning o‘rniga kelgan sakkiz nafar askarning faqat ikki nafarida jangovar tajriba bo‘lgan. Qolgan olti nafar yosh askar (asosan 40 yoshdan katta) bir hafta davomida o‘ldirilgan yoki yaralangan. Guruh ortga chekinishga majbur bo‘lgan.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi razvedkasiga ko‘ra, aynan shu kabi vaziyatlar kuniga 1000-1200 nafar askaridan ayrilib bo‘lsada Rossiya armiyasiga Donetsk oblastida oldinga siljishiga yordam bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi