18:02 / 10.03.2015
10 887

Ramzan Qodirov: Vladimir Putin uchun jonimni fido qilishga tayyorman

Ramzan Qodirov: Vladimir Putin uchun jonimni fido qilishga tayyorman

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining «Vkontakte»dagi sahifasi orqali uni «Sharaf» ordeni bilan taqdirlagani uchun Rossiya prezidenit Vladimir Putinga minnatdorchilik izhor qildi.

«Men Rossiya Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni Vladimir Putindan bunday yuksak mukofot va kamtarona mehnatlarimning bahosi uchun cheksiz minnatdorman. Butun mas’uliyatni bo‘ynimga olib aytishim mumkinki, Chechenistondagi tinchlik va barqarorlik Vladimir Vladimirovichga tegishli. Faqatgina uning oqilona siyosati, yordami va qo‘llab-quvvatlashi mustahkam tinchlikka erishish, respublika iqtisodiyotini, madaniyatini va ma’naviyatini qayta tiklash imkonini berdi.

Biz Rossiya prezidentining piyoda askarlarimiz. Men Vladimir Vladimirovichning shaxsan o‘zim va xalqim uchun qilgan yordamidan doimo minnatdorman. U prezident bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar, men doim uning sodiq xodimi bo‘lib qolaman. Bunday inson uchun jon fido qilish − eng oddiy vazifa. Uning istalgan buyrug‘ini bajaraman, u uchun har qanday qiyinlikdagi vazifani echaman», − deb yozdi Ramzan Qodirov.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov: Vladimir Putin uchun jonimni fido qilishga tayyorman