20:30 / 29.09.2024
22

Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytiradigan beshta qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi

Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytiradigan beshta qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi
Foto: Belkin Alexey / Globallookpress
Rossiya Davlat dumasi 1 oktyabrdan migratsiya siyosatini kuchaytiradigan beshta qonun loyihasini ko‘rib chiqishni boshlaydi. Bu haqda duma spikeri Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanali orqali ma’lum qildi.

Hujjatlar bilan quyidagilar taklif etilmoqda:
  • Rossiya hududida noqonuniy yurgan migrant jinoyat sodir etsa, uni og‘irlashtiruvchi holat deb hisoblash;
  • noqonuniy migratsiyani tashkil qilishni o‘ta og‘ir jinoyat deb e’tirof etish;
  • hujjatlarni qalbakilashtirish va xorijliklarni yolg‘ondan ro‘yxatga olish uchun javobgarlikni kuchaytirish choralarini joriy etish;
  • migrantlarga noqonuniy xizmatlar taklif etuvchi veb-saytlarni sud ruxsatisiz ham bloklashni tashkil etish;
  • «vositachi tashkilotlar»ga migrantlardan imtihon olishni taqiqlash.

Volodinning qayd etishicha, tashabbuslar parlamentariylarning saylovchilar bilan muloqoti natijasida shakllantirilgan. Deputatlarning aksariyati ularni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Rossiya hukumati oxirgi oylarda Markaziy Osiyo davlatlaridan kirib kelayotgan migrantlar oqimiga qarshi faol kurashmoqda. RF Davlat dumasi bahorgi sessiyada Rossiya fuqaroligini olishni qiyinlashtiradigan bir qator qonunlarni qabul qilgandi. Politsiya migrantlar yashaydigan joylarda muntazam reydlar o‘tkazib, fuqarolikni olganlarni urushga yubormoqda.

Rossiya ichidagi migratsion siyosatni nazorat qiluvchi amaldorga ko‘ra, mamlakatda 739 mingga yaqin noqonuniy migrantlar ham bor. Ularning asosiy qismi ham O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston va Ozarboyjon fuqarolari. RF ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, ayni vaqtda mamlakatda 1,8 million nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari mavjud. Tojikistonning esa 1,2 million fuqarosi Rossiyada ishlamoqda. Ikki mamlakatdan kelgan ishchilar Rossiyadagi jami migrantlarning qariyb yarmini tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytiradigan beshta qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi