Foto: AFP
Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov o‘z lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda New Voice xabar berdi.
Taxminlarga ko‘ra, uning o‘rniga mamlakat tashqi razvedka xizmatining amaldagi rahbari Oleg Ivashchenko tayinlanishi mumkin.
“Kirill Budanov yaqin orada o‘z lavozimini tark etishi mumkin... Manbaga ko‘ra, Bosh razvedka boshqarmasining yangi rahbari 55 yoshli Oleg Ivashchenko bo‘lishi kutilmoqda, u hozirda Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbari lavozimini egallab turibdi”, deb yozadi nashr.
New Voice manbasiga ko‘ra, Budanov Ukrainaning biror-bir davlatdagi elchisi etib tayinlanishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bosh razvedka boshqarmasi o‘z direktorining ishdan bo‘shatilishi bo‘yicha hozircha rasmiy bayonot bermagan. Budanovning elchi etib tayinlanishi haqida avvalroq Ukraina razvedkasi sobiq xodimi Vasiliy Prozorov aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi