07:59 / 30.09.2024
36

Eron prezidenti: “Hizbulloh” yetakchisini o‘ldirish buyrug‘i AQSHdan berilgan

Eron prezidenti: “Hizbulloh” yetakchisini o‘ldirish buyrug‘i AQSHdan berilgan
Foto: Reuters
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrullohning o‘limida AQSHni aybladi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Pezeshkiyon o‘z bayonotida Nasrullohni yodga olib, uning Isroilga qarshi kurashini olqishladi. Uning ta’kidlashicha, “sionist terror hujumi qarshilik oilasini har qachongidan ham kuchliroq qiladi.

"Xalqaro hamjamiyat mazkur terakt Nyu-Yorkdan buyurtma qilinganini unutmaydi va sionistlarning sheriklari bo‘lgan amerikaliklar o‘zlarini oqlay olmaydi", dedi Pezeshkiyon davlat televideniyesida.

Eron oliy rahnamosi munosabati

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilning “Hizbulloh” guruhining Bayrutdagi shtab-kvartirasiga uyushtirgan zarbalarini qoralab, ularni Isroilning “uzoqni ko‘ra olmaydigan va ahmoqona siyosati”ning yana bir namunasi deb atadi.

Oyatullohning aytishicha, Isroil Livandagi “Hizbulloh”ga jiddiy zarar yetkazish uchun “juda zaifdir”. Shuningdek, u Isroil “Hizbulloh” yetakchisining o‘limi uchun jazolanishiga ishonch bildirdi.

"Livan gunohkor, yovuz niyatli va sharmanda bo‘lgan dushmanni tavba-tazarru qilishga majbur qiladi", deya uning so‘zlarini keltirmoqda Tasnim agentligi.

28 sentyabr kuni Isroil armiyasi “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrullohning Bayrutdagi shtab-kvartirasiga havo hujumi uyushtirdi. Yahudiy davlati hujumda Nasrulloh halok bo‘lganini e’lon qildi. Keyinroq “Hizbulloh” 30 yildan ortiq vaqt davomida guruhga rahbarlik qilgan yetakchining vafot etganini tasdiqladi. “Hizbulloh” yetakchisining o‘limi haqidagi xabarlar tufayli Ali Xomanaiy xavfsiz joyga ko‘chirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron prezidenti: “Hizbulloh” yetakchisini o‘ldirish buyrug‘i AQSHdan berilgan