09:31 / 30.09.2024
59

Ukraina Rossiyadagi raketa arsenaliga muvaffaqiyatli zarba berganini e’lon qildi

Ukraina Rossiyadagi raketa arsenaliga muvaffaqiyatli zarba berganini e’lon qildi
Foto: Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi
Ukraina harbiylari 29 sentyabr, yakshanbaga o‘tar kechasi Rossiya Federatsiyasining Volgograd oblasti Kotluban poselkasida Rossiya Qurolli kuchlarining «raketa va artilleriya qurollarini saqlash va modernizatsiya qilish arsenali» nishonga olinganini ma’lum qildi. «Ombor hududida raketalarning yonishi va portlashi davom etmoqda», — deya xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi o‘zining Telegram-kanalida.

Postda ta’kidlanishicha, obyekt kuchli radioelektron kurash va havo hujumidan mudofaa qoplamiga ega bo‘lgan, biroq Ukraina Qurolli kuchlari jangovar topshiriqni muvaffaqiyatli bajargan. Ukrainaning "Senzor.NЕT" nashri Ukraina razvedkasidagi manbaga tayanib, ushbu zarbani amalga oshirish uchun Ukrainada ishlab chiqarilgan 120 ta kamikadze-dronlardan foydalanilganini yozmoqda.

Operatsiya Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi ("GUR") va Ukraina Xavfsizlik xizmati ("SBU") bo‘linmalari bilan hamkorlikda o‘tkazildi, deya xabar beradi Ukraina Bosh shtabi. Ukraina harbiylariga ko‘ra, bir kun avval omborga Eron raketalari bo‘lgan poyezd kelgan.

Sun’iy yo‘ldosh tasvirida arsenalning yo‘q qilinishi ko‘rsatilmagan

Ayrim OAV sun’iy yo‘ldoshdan olingan so‘nggi suratlarni tahlil qilib, Ukraina qurolli kuchlari Kotlubandagi o‘q-dorilar omboriga zarba bera olmagani haqida xabar berdi. 29 sentyabrdagi suratda Ukraina dronlarining zarbasidan so‘ng Bosh raketa va artilleriya boshqarmasi arsenali yaqinida yong‘in chiqqani, biroq yong‘in o‘q-dorilar ombori hududiga o‘tmaganini ko‘rish mumkin, deya ta’kidlaydi nashrlar.

Kotluban rahbari Igor Davidenko jurnalistlarga hujum natijasida yong‘in boshlanganini va u harbiy qism yaqinidagi quruq o‘tlarga o‘tganini aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Rossiyadagi raketa arsenaliga muvaffaqiyatli zarba berganini e’lon qildi