20:42 / 01.10.2024
78

Erdo‘g‘on: “Livandan keyin Isroilning navbatdagi nishoni Turkiya bo‘lishi mumkin”

Erdo‘g‘on: “Livandan keyin Isroilning navbatdagi nishoni Turkiya bo‘lishi mumkin”
Foto: Anadolu
Turkiya Yaqin Sharqdagi urushga tortilishi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Buyuk milliy majlisidagi nutqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqda mojaroning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.

Erdo‘g‘on, Livandan keyin Isroilning navbatdagi nishoni Turkiya bo‘lishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, Turkiya rahbari Isroilning Livanga hujumlari dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ham qo‘shimcha qildi.

Men bu haqda butun dunyoni ogohlantiraman”, dedi Erdo‘g‘on.

Avvalroq Turkiya prezidenti BMT bosh assambleyasida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni tanqid qilib, uni Adolf Gitlerga qiyoslagandi.

"Xalqaro hamjamiyat falastinlik tinch aholini Isroil harakatlaridan himoya qilish mexanizmini ishlab chiqishi kerak. Gitler 70 yil avval insoniyat ittifoqi tomonidan to‘xtatilganidek, Netanyaxu va uning qotil tarmog‘i ham “insoniyat ittifoqi” bilan to‘xtatilishi kerak", dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on: “Livandan keyin Isroilning navbatdagi nishoni Turkiya bo‘lishi mumkin”