23:47 / 01.10.2024
15

Isroil armiyasi rasmiy vakili: “Eronning bu hujumi javobsiz qolmaydi”

Isroil armiyasi rasmiy vakili: “Eronning bu hujumi javobsiz qolmaydi”
Foto: Reuters
Eronning Isroilga yirik raketa hujumi to‘xtadi. Bu haqda Isroil armiyasining rasmiy vakili Daniel Xagariy maxsus murojaatida ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Isroil harbiylari mamlakat aholisiga boshpanalarni tark etishga ruxsat bergan. “Hozirgi bosqichda Erondan qo‘shimcha tahdidlar kutmayapmiz. Bombapanohlardan chiqishingiz mumkin”, dedi u.

Daniel Xagariyning so‘zlariga ko‘ra, Eronning yirik raketa hujumi oqibatsiz qoldirilmaydi. “Biz Isroil fuqarolarini himoya qilamiz. Bu hujum javobsiz qolmaydi. Bizning rejalarimiz bor. Vaqti kelganda harakat qilamiz”, dedi u.

Isroil OAV xabarlariga ko‘ra, Eron tomonidan jami 500 ga yaqin raketa uchirilgan.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining bildirishicha, Eron raketalari tomonidan Isroilning O‘rta Yer dengizidagi harbiy bazalari va gaz platformalari nishonga olingan.

Eron raketalarining bir qismi G‘azo sektoridagi Netzarim hududiga tushib, Isroilning ko‘p sonli tanklarini ishdan chiqardi, deb xabar bermoqda IRIB telekanali.

Shuningdek, Eron OAV raketa hujumi oqibatida Isroilning 20 dan ortiq F-35 qiruvchi samolyotlari yo‘q qilinganini xabar berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil armiyasi rasmiy vakili: “Eronning bu hujumi javobsiz qolmaydi”
ePN