Foto: Reuters
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Tehron urush qidirmayotganini, balki har qanday tahdidga qat’iy qarshilik ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Pezeshkiyon Eron Isroilning harakatlariga qonuniy huquqlar asosida javob berganini ta’kidlagan.
“Isroilning qonunbuzarliklariga qonunga muvofiq va Eron hamda mintaqa tinchligi va xavfsizligi uchun qat’iy javob berildi. Bu qadamlar Eron manfaatlari va fuqarolarini himoya qilish uchun qilingan. Netanyaxu bilishi kerak-ki, Eron urush qidirmayapti, balki har qanday tahdidga qat’iy qarshilik ko‘rsatmoqda, bu bizning kuchimizning bir qismidir”, deb yozdi Eron yetakchisi X sahifasida.
Pezeshkiyon, shuningdek, Isroilni Eron bilan ziddiyatga bormaslikka chaqirgan.
1 oktyabr kuni Isroil armiyasi Eron mamlakat tomon raketa uchirgani haqida xabar bergan edi. OAV xabarlariga ko‘ra, Eron tomonidan jami 500 ga yaqin raketalar uchirilgan.
Raketalarning bir qismi “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimidan o‘tib yerga tushgan. Vayronagarchiliklar ko‘lami haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Butun mamlakat bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Isroil aholisiga zudlik bilan boshpanalarga joylashish buyurilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi